Saylov -2019: Sherobod tumanida media-tur uyushtirildi

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyati boʻlimi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida jurnalist va blogerlar uchun Sherobod tumanida saylovga oid navbatdagi media-tur tashkil etildi.
Media-tur ishtirokchilari dastlab, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 76-Sherobod okrug saylov komissiyasi joylashgan binoda boʻlib, muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ishlari, komissiya aʼzolari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
– Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 76-Sherobod okrugi hududda 89 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Bu yerda Sherobod va Boysun tumanlarida yashovchi 138 mingdan ziyod saylovchilar roʻyxatga olingan, – deydi okrug saylov komissiyasi raisi A.Hakimov. – Ayni paytda saylov okrugi tomonidan saylovni ochiq, oshkora va shaffof oʻtkazish uchun belgilangan talablar asosida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilyapti. Bu jarayonda targʻibot-tashviqot ishlariga alohida eʼtibor qaratilib, yangi saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati aholi oʻrtasida keng tushuntirilmoqda.
Jurnalist va blogerlar tumandagi 8-musiqa va sanʼat maktabi binosida joylashgan 72-uchastka saylov komissiyasi ham boʻlishdi. Saylov kuni bu yerda Galaguzar mahallasida yashovchi 1 ming 670 dan ortiq fuqaro oʻzlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz beradi.
Shu yerning oʻzida mahalla fuqarolari, birinchi marotaba ovoz berishda qatnashuvchi yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda joriy yilning 22-dekabr kuni “Yangi Oʻzbekiston, yangi saylovlar” shiori ostida mamlakat parlamenti hamda mahalliy kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovlarning ahamiyati, bu boradagi qonunchilikka oid oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Media-tur ishtirokchilari tumandagi “Sherobod tekstil invest“ masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurib, korxona ishchilari bilan muloqotda boʻlishdi. Shundan soʻng, tuman markazida yangidan tashkil etilgan, 23 ming kitob fondiga ega axborot-kutubxona markazi faoliyati koʻzdan kechirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar buyuk muhaddis imom Iso Termiziy yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” soʻzi muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring