Saida Mirziyoyeva Qatar Bosh vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashdi

11:14 26 Fevral 2024 Siyosat
120 0

Doha shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy janobi oliylari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻzining rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, kelgusi tadbirlar jadvali batafsil muhokama qilindi.

Suhbat chogʻida oʻzaro aloqalarimiz 2023-yili yangi bosqichga oʻtgani taʼkidlandi. Samarqand (2023-yil 5-6-iyun) va Doha (2023-yil 2-oktyabr) sammitlari tarixiy ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralariga eshik ochdi. Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlandi, deya olamiz.

— Biz oʻzaro madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Qatarlik hamkorlar bilan mustahkam rishtalar bogʻlanib, qoʻshma loyihalar faol amalga oshiriladi, degan niyatdamiz, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva ayrim vazirliklar rahbariyatlari bilan uchrashuv oʻtkazgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?