Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya vaziri Davletov Ruslanbek Quroltayevich Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Ruslanbek Davletov 1980-yil 1-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, toʻrtta oliy taʼlim muassasasi, jumladan 2001-yilda Buyuk Britaniya Varvik universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini (magistratura), 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2001-yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan. Keyinroq mazkur qoʻmitaning bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
2004—2012-yillarda Vazirlar Mahkamasining huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, 2012—2014-yillarda — Oliy sud qoshidagi sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud tizimi mustaqilligini taʼminlash tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari, direktor v. b. lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2014—2016-yillarda Prezident devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik xizmatining Senat va Qonunchilik palatasi tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish sektori mudiri boʻlgan.
R.Davletov Adliya vazirligi rahbariyatini 2017-yil avgustdan buyon boshqarib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring