Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev Osiyo chempionatini oʻtkazib yuboradi

20:05 20 Sentyabr 2022 Sport
647 0

2022-yilning 8-16-oktyabr kunlari Bahraynda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. 

Unda qitʼamizning eng kuchli polvonlari qatori hamyurtlarimiz ham medallar uchun kurash olib borishadi. Eʼtiborlisi, Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev Bahraynga boradigan tarkibga kiritilmagan. 

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha, har ikki polvonimiz dekabr oyida Kolumbiyada oʻtadigan jahon chempionatiga yakka tartibda tayyorlanishadi. 

6-oktyabr kuni jamoamiz quyidagi tarkibda Manamaga yoʻl oladi:

— -67 kg: Doston Yoqubov
— -73 kg: Adham Ergashev
— -81 kg: Ogʻabek Toʻxtayev
— -81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
— -89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
— -89 kg: Hojiakbar Olimov
— -96 kg: Sunnatilla Oʻsarov
— -96 kg: Qurbonmurod Namozov
— -102 kg: Sharofiddin Amriddinov
— -49 kg: Jamila Panfilova
— -59 kg: Nigora Abdullayeva
— -76 kg: Nigora Suvonova
— -81 kg: Rigina Adashboyeva
— -87 kg: Tursunoy Jabborova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?