Roʻzaning dunyo va oxiratdagi foydalari

05:17 02 May 2020 Jamiyat
992 0

Inson tabiatining talabi shuki, uning aqliga nafsi ustidan hamisha gʻoliblik hosil boʻlsin. Magar, bashariy talab sababidan koʻp vaqtlarda uning nafsi aqlining ustidan gʻolib keladi. Shunga koʻra, nafsning tarbiyasi va tazkiyasi uchun islom roʻzani tayin qildi.

1. Roʻza sababli insonning aqliga nafsi ustidan toʻla-toʻkis gʻoliblik hosil boʻladi. (yaʼni uning aqli nafsi ustidan gʻolib turadi).

2. Roʻza sababli Allohdan qoʻrquv va taqvo sifati paydo boʻladi. Chunonchi, Alloh shunday marhamat qiladi: “Roʻza sizlarga shuning uchun farz qilindi, toki, taqvodor boʻlsangiz“.

3. Roʻza inson uchun bir ruhiy ozuqadir. Oxirat hayotida insonga bir ozuqa ish beradi. Bu ozuqani oʻzlari bilan olmagan odamlar, u vaqtda och va chanqoq boʻladilar hamda ularga qashshoqlik zohir boʻladi, chunki ular oʻz ozuqalarini birga olib kelmadilar. Shu narsa aniqki, faqat Alloh taoloning rahmat xazinasidan insonga yetadigan, yeb-ichadigan barcha narsalarni inson bu dunyoda (Allohning hukmi tufayli) tark qiladi. Ularning evazini oxiratda albatta beradi. U bu dunyodan koʻra yaxshiroq va afzalroq boʻladi.

4. Roʻza Allohga muhabbatning bir katta belgisidir. Masalan, bir kimsa birortaning muhabbatida gʻarq boʻlsa, yeb-ichishni tark qiladi va ayoli ila aloqalarni ham unutib qoʻyadi. Xuddi shunday roʻzador ham Allohning muhabbatiga gʻarq boʻlib, ayni shu holatni izhor qiladi. Ayni shu sababli roʻza Allohdan boshqa birorta uchun joiz emas.

5. Roʻzaning bir xususiyati shuki, Alloh taologa shukr qilishlik imkoni nasib boʻladi va shuningdek qalbda gʻamxoʻrlik hissi paydo boʻladi. Chunki, unga hech qachon ochlik va chanqoqlik hissi paydo boʻlmagan boʻlsa, u holda ochlar va chanqoqlarning xolidan qanday xabardor boʻla oladi va Haq taoloning neʼmatlarini haqiqiy shukrini qanday ado qila oladi? Garchi til ila ado qilib olsa-da, lekin oʻzida ochlik va chanqoqlik asari hamda kuchsizlik va zaiflik hissi boʻlmasa, u Haq taoloning neʼmatlariga toʻla-toʻkis shukr qila olmaydi. Qachonki biror kimsaning biron-bir mahbub (sevimli) va margʻub (yoqtirgan) narsasi ketib qolsa, oʻshanda u narsaning qadri maʼlum boʻladi.

6. Roʻza ruh va jismning salomatligiga sababdir. Chunonchi, tabiblar (shifokorlar) kam yeb-ichishlikni jismoniy salomatlik uchun va soʻfiy kiromlar qalbning pokligi uchun foydali deb yozganlar. Roʻza tutishlik ila insonga oʻzining ojizligi va muhtojligi hamda Alloh taoloning ulugʻligi va qudrati namoyon boʻladi.

8. Roʻza ila basirat koʻzi (yaʼni, qalb koʻzi) ochiladi. Oqibatni oʻylashlik taraqqiy topadi.

9. Hayvonlar kabi hayot va xislatlardan uzoq boʻladi.

10. Farishtalarga qurbat hosil boʻladi.

Ashraf Ali Taxanoviy

Abdulqayum Komil tarjimasi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?