Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanishi NATOga hujum boʻladi

23:54 28 Sentyabr 2022 Dunyo
1680 0

Foto: РИА «Новости»

Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanishi NATOga hujum hisoblanadi. Ushbu fikrlarni Janubiy Karolina shtati vakili demokrat-senator Lindsi Grem AQSH Senatining sud qoʻmitasi yigʻilishida aytib oʻtdi.

Gremning fikricha, bunday ssenariyda radiatsiyaviy ifloslanish nafaqat Ukraina hududiga, balki butun Yevropaga taʼsir qiladi.

«Agar [Rossiya Federatsiyasi Prezidenti] Vladimir Putin yadro qurolidan foydalansa, agar u Ukrainaga qarshi tahdidini anglab yetsa, men buni butun NATOga qilingan hujum sifatida baholagan boʻlardim», deydi senator.

Siyosatchining fikricha, AQSH Kongressi va alyansdagi ittifoqchilar Rossiyaga agar yadro qurolini qoʻllasa, “jahannam” uning ustiga tushishini anglatishga harakat qilishi kerak.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?