Rossiyaning Penza viloyatida yuz bergan YTH oqibatida 7 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi
Shu yilning 11-yanvarga oʻtar kechasi Rossiyaning Penza viloyati Nijnelomovskiy tumanida “Volvo“ rusumli yuk mashinasi hamda ”JAC“ rusumli miniven oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi. Buning oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan yetti kishi halok boʻlgan, yana ikki kishi jarohatlangan.
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabariga koʻra, Qozon shahridagi Bosh konsulxona hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi vakillari tomonidan tan jarohat olgan fuqarolarga va marhumlarning jasadlarini Oʻzbekistonga joʻnatishda kerakli amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat Kodeksining 238-moddasi 3-bandi (isteʼmolchilar xavfsizligi va sogʻligʻini taʼminlash talabiga javob bermaydigan ravishda xizmat koʻrsatish va ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan koʻp odamlarning oʻlimiga sababchi boʻlish) asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring