Rossiyalik turistlar eng koʻp Oʻzbekistonga boʻlgan parvozlar bilan qiziqmoqda

10:53 06 Iyul 2020 Welcome to uzbekistan
950 0

Rossiyalik sayyohlarning uchdan bir qismi kelajakda xorijga sayohat qilish uchun pul ajratib qoʻygan.

OneTwoTrip kompaniyasi xodimlari ijtimoiy tarmoqda soʻrov oʻtkazishgan, unda 1706 kishi ishtirok etgan. Rossiyaliklardan kelajakda xalqaro parvozlar tiklanishi bilan ular chet elda dam olishga tayyorgarlik koʻrayotgani yoki yoʻqligi haqida soʻralgan, deb yozadi Sputnik.

Soʻrovda ishtirok etganlarning 31 foizi ular, albatta, bormoqchi boʻlgan mamlakat, shahar va diqqatga sazovor joylar roʻyxatini tuzgan. 33 foizi boshqa mamlakatlarga sayohat uchun pul ajratib qoʻygan. Respondentlarning 48 foizi chiptalar narxini diqqat bilan kuzatishini aytgan.

OneTwoTrip maʼlumotlariga koʻra, ularning eng koʻp mijozlari Moskvdan Toshkent va Samarqand (Oʻzbekiston), Dushanbe va Xoʻjand (Tojikiston), Oʻsh va Bishkek (Qirgʻiziston), Yerevan (Armaniston), Boku (Ozarbayjon), Istanbul (Turkiya) va Minsk (Belarus)ga boʻlgan parvozlar bilan qiziqishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?