Rossiyadan Oʻzbekistonga 4 ta maxsus yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

16:14 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
224 0

Pandemiya davrida Rossiyadagi yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy — Toshkent” yoʻnalishida 483-sonli yoʻlovchi poyezdining 4 ta maxsus reysi yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur poyezdlar joriy yil 22, 25, 29-oktabr hamda 1-noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy — Toshkent” yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi.

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy — Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yoʻlga qoʻyilgan.

Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti (e-ticket.railway.uz) orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?