Rossiyadagi Voronej migratsiya markazining Oʻzbekiston fuqarosiga qoʻpollik qilgan xodimi ishdan boʻshatildi

18:55 09 Iyul 2022 Jamiyat
714 0

Voronej shahridagi migratsiya markazida oʻzbekistonlik mehnat migranti bilan yuz bergan hodisa yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilingani haqida maʼlumot berilgan edi.

Ushbu murojaat asosida Voronej shahri IIB tomonidan Migratsiya markazi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili ishtirokida surishtiruv ishlari olib borildi.

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya markazida yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritib kelgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?