Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlaridan yana bir bor harbiy harakatlarga aralashmaslikni soʻraymiz — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Illustrativ foto
Rossiya Federatsiyasining Orlov viloyatida ishlayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini safarbarlikka jalb qilish uchun chaqiruvlar kelgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar munosabati bilan, mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan ushbu holat nazoratga olingani, tashkilot rahbariyati hamda fuqarolar bilan aloqa oʻrnatilgani, voqea joyiga yoʻl olingani xabar qilingan edi.
Ayni vaqtda ishchi guruh voqea joyiga yetib borib, yurtdoshlarimiz va tashkilot rahbari bilan uchrashdi.
Maʼlum boʻlishicha, xatolik tufayli oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga safarbarlikka jalb qilish uchun chaqiruvlar berilgan. Bu haqda ish beruvchidan rasmiy xat olindi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti qaroriga muvofiq, chet el fuqarolarini safarbarlikka jalb qilish mumkin emasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari bilan tanishildi.
Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlaridan yana bir bor harbiy harakatlarga aralashmaslikni, nizoli hududlarga bormaslikni hamda bunday holatlarga duch kelsa, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat qilishlarini soʻraymiz, deyiladi agentlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring