Rossiyadagi oʻzbek migrantlarining ish haqlari undirib berildi

11:01 14 Iyul 2022 Jamiyat
273 0

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakili Chernoreche qishlogʻidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan «Kitayev Valeriy» korxonasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz murojaatini oʻrgandi.

Maʼlum boʻlishicha, Xitoy fuqarosi boʻlgan korxona rahbari Sin Lyu Szn oʻzbekistonlik ishchilarning hujjatlarini olib qoʻyib, 2022-yil mart oyidan beri ish haqlarini bermasdan ishlatgan.

Vakillik aralashuvi natijasida, 5 nafar yurtdoshimizning pasportlari olib berildi va 606 400 rubl (10 000 AQSH dollaridan ortiq) ish haqlari undirib berildi.

Shuningdek, ish beruvchi vakillari Rossiya Federatsiyasining tegishli huquqiy-meʼyoriy hujjatlari boʻyicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер