Rossiyada yurtdoshlarimizning 923 ming rubldan ortiq puli undirib berildi

11:15 20 Iyul 2022 Jamiyat
360 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga 18 nafar Oʻzbekiston fuqarosi haq-huquqlari buzilayotganidan shikoyat qilib, murojaat qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, Tula shahridagi ish beruvchi va ishchilar oʻrtasida “vositachilik” bilan shugʻullangan fuqaro qurilish obyektida yurtdoshlarimizni ishlatib, ish haqini bermagan.

Agentlikning Tula shahridagi vakili tomonidan mazkur holat oʻrganilib, yurtdoshlarimizning 923 ming 764 rubl miqdoridagi puli “vositachi”dan undirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?