Rossiyada choʻchqa grippi epidemiyasi avj olmoqda

Illustrativ foto
Qariyb uch yil davomida asosan koronavirusni jilovlash bilan band boʻlgan insoniyat endi boshqa epidemiologik kasalliklar bilan ham roʻbaroʻ kelmoqda.
Masalan, uzoq vaqt “uyqu”da boʻlgan mpox (maymun chechagi), vabo, Ebola, choʻchqa grippi kabi qator xavfli infeksiyalar soʻnggi oylarda dunyo ahli salomatligiga yana jiddiy xavf sola boshladi.
Xususan, hozir aksariyat davlatlarda gripp virusi avj olgan mavsum. Ustiga-ustak, ayrim mintaqalarda bu epidemiya boshqa yuqumli kasalliklar bilan birga kechyapti.
Xususan, Rossiya Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federal xizmati shu kunlarda mamlakatda choʻchqa grippi keng tarqalayotgani haqida xabar berdi. Hozirgacha ushbu virus davlatning 55 ta maʼmuriy hududida roʻyxatga olingan.
Xastalikning aniqlanayotgan mutatsiyalari orasida A (H1N1), A (H3N2) va B shtammlari ustuvorlik qilyapti.
Mutaxassislarning izohlashicha, bu kasallikni anʼanaviy gripp turlaridan alomatlari orqali farqlash qiyin. Chunki yuqori tana harorati, tomoq, bosh va mushaklardagi ogʻriqlar, yoʻtal, holsizlik, bezovtalik kabi simptomlar har ikkisiga xos. Shu bois aniq tashxis qoʻyish uchun maxsus PZR testlari talab etiladi.
‼️ Eslatib oʻtamiz, 2009-yilda jahon boʻyicha ommaviy choʻchqa grippi epidemiyasi kuzatilgan edi. Oʻshanda bir yil davomida 60,8 million nafarga yaqin odam ushbu xastalik bilan kasallangan. Achinarlisi, bemorlardan 12,4 ming nafari infeksiya oqibatida hayotdan koʻz yumgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring