Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

09:59 16 Avgust 2022 Jamiyat
265 0

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

R.A. 2020-yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borib, hozirgi vaqtgacha qonuniy ravishda ishlagan.

Joriy yil iyun oyida ishlash vaqtida ehtiyotsizligi sababli baxtsiz hodisaga uchrab, ogʻir tan jarohati oladi va chap qoʻl barmoqlaridan ayriladi. Jarohat tufayli fuqaro mehnatga layoqatsiz boʻlib qoladi.

Rossiya Federatsiyasida davolanish uchun yetarlicha mablagʻi boʻlmagan R.A. Vatanga qaytish uchun yordam soʻrab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligiga murojaat qiladi.

Vakillikning saʼy-harakatlari bilan R.A.ga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aviachipta olib berilib, Sankt-Peterburg – Toshkent yoʻnalishidagi aviareys orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?