Rossiyada qarovsiz qolib ketgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

13:49 06 Fevral 2025 Jamiyat
209 0

Rossiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bola bugun tongda Toshkent aeroportiga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ular ota-onalarining deportatsiya qilinishi natijasida Moskvada qarovsiz qolgan 3 yoshli qizaloq va 15 yoshli oʻgʻil boladir. Bolalarga Moskvadagi “Altufevo” voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish markazi xodimlari hamrohlik qilgan.

Agentlik tomonidan bolalar va ularning oilalariga hayotga moslashish va barqarorlikni tiklash uchun barcha zarur ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi.

Xorijda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda, deyiladi agentlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?