Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 2 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bolalarning biri ota-onasining ishonchnomasi asosida Rossiyaga ketgan. Ikkinchisi esa 2023-yildan beri mehnat migratsiyasida, 9-sinf oʻquvchisi boʻlganidayoq opasining turmush oʻrtogʻi bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgan.
Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.
Ular kecha, 26-fevral kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari koʻmagida Oʻzbekistonga olib kelingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring