Rossiyada qarovsiz qolgan 17 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi

16:50 16 Aprel 2024 Jamiyat
689 0

Mamlakatimiz elchixonasi Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda Rossiya hududida qonuniy vakillari (ota-onalari) boʻlmagan 17 nafar voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytardi.

Bundan tashqari, elchixona tomonidan bolalarga Vatanga qaytish uchun bepul sertifikatlar berildi.

Oʻzbekistonga qaytarilgan barcha voyaga yetmagan bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatimizdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер