Rossiyada oʻzbekistonlik fuqarolarni aldab yurgan ish beruvchi hibsga olindi

18:50 16 Iyul 2022 Siyosat
1026 0

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyatiga ishlash maqsadida borgan Oʻzbekiston fuqarolari qiyin ahvolda qolgan hamda berilgan vaʼdalar yolgʻon ekanligini tushunib qolishgan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqarolar ish beruvchi tomonidan barcha hujjatlari olib qoʻyilib, kuch ishlatilgan va majburiy mehnatga jalb qilingan. Oylik ish haqidan darak ham boʻlmagan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakili ushbu murojaatni oʻrganish maqsadida zudlik bilan Volgograd viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bilan korxonaga reyd uyushtirildi. Reyd davomida viloyatning barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etdi.

Natijada ish beruvchi hibsga olinib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Barcha yurtdoshlarimizning pasport va oylik maoshlari olib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?