Rossiyada ogʻir tan jarohati olib ishlolmay qolgan oʻzbekistonlik fuqaro Vatanga qaytarildi

Fargʻonalik A.A. 2022-yilda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga boradi, ammo 16-iyul kuni baxtsiz hodisa oqibatida balandlikdan yiqilib, ogʻir tan jarohati oladi hamda jarrohlik amaliyotini boshidan kechiradi.
Bugungi kunda fuqaro mehnat qilish layoqatini yoʻqotganligi va aviachipta sotib olish uchun yetarli mablagʻi yoʻqligini maʼlum qilgan holda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilib, Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻragan.
Mamlakatimizda xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga yordam koʻrsatadigan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etilgan. Ana shu jamgʻarma hisobidan A.A.ga aviachipta olib berilib, Vatanga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring