Rossiyada migrantlar chip oʻrnatilgan plastik kartalardan foydalanishni boshlaydi

16:33 04 Sentyabr 2021 Dunyo
775 0

Joriy yil 29-dekabrdan boshlab Rossiya Ichki ishlar vazirligi mehnat migrantlari va mamlakatga uzoq vaqtga kelgan chet el fuqarolariga plastik kartalarni berishni boshlaydi. IIV buyruq loyihasini tayyorladi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

Kartada dastiloskopiya (barmoq izlari) va suratga olish maʼlumotlari boʻladi.

Elektron chipli plastik karta oʻlchami 5,6 x 53,98 mm, old va orqa tomondan iborat boʻladi. Old tomonda 30x40 mm gacha boʻlgan chet el fuqarosining rangli yoki oq- qora surati joylashtiriladi. Kartada hujjat identifikatsiya raqami, FIO, tugʻilgan sanasi va jinsi koʻrsatiladi.

Orqa tomonda chet el fuqarosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shaxsini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumot yoziladi. Shuningdek, kontaktsiz interfeysli mikrosxemalar shaklidagi chip joylashtiriladi. Chipda identifikatsiyalash uchun ikkita barmoqning izlarining elektron tasviri boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?