Rossiyada maymun chechagiga qarshi vaksina ishlab chiqildi

16:54 06 Sentyabr 2022 Dunyo
304 0

Rossiyaning Federal tibbiy-biologik agentligi (FMBA) maymun chechagi infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Ayni paytda yangi preparat klinik sinovdan oʻtkazilmoqda.

Agentlik rahbari Veronika Skvorsovaning maʼlum qilishicha, dastlabki tadqiqotlar mazkur vaksina yuqori samaradorlik va immunogenlikka ega. Eng muhimi, u xavfsiz boʻlib, nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqarmaydi.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda mazkur virus shiddat bilan tarqalmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda maymun chechagi infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 52 ming nafardan oshgan.

Kasallikdan AQSH va Yevropa aholisi eng koʻp aziyat chekmoqda. Xususan, Qoʻshma Shtatlar bu roʻyxatda peshqadam. Mamlakatda maymun chechagini yuqtirganlar soni qariyb 19,3 ming nafarni tashkil etyapti.

Keyingi oʻrinda 6,6 mingta holat bilan Ispaniya bormoqda. Shuningdek, Braziliyada 5,1 ming, Fransiyada 3,6 ming, Germaniyada 3,4 ming va Buyuk Britaniyada 3,2 ming nafar kishiga mazkur xastalik tashxisi qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?