Rossiyada korxona brigadiri Vatandoshlarimizning pasportlarini olib qoʻyib, ish haqini bermasdan ishlatgan

20:30 08 Avgust 2022 Jamiyat
679 0

Foto: Illustrativ foto

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga qishloq xoʻjaligi ishlarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizdan murojaat kelib tushdi.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur korxonada brigadir boʻlib ishlayotgan Rossiya fuqarosi vaqtinchalik mehnat faoliyatni amalga oshirayotgan Vatandoshlarimizning pasportlarini olib qoʻyib, hujjatlarsiz, ish haqini bermasdan ishlatgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida korxona maʼmuriyati bilan muzokaralar olib borildi. Natijada yurtdoshlarimizning pasportlari, oylik ish haqi va boshqa hujjatlari olib berildi. Ish beruvchi Rossiya Federatsiyasining tegishli huquqiy-meʼyoriy hujjatlari boʻyicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?