Rossiyada ish vaqtida jarohat olgan yurtdoshimizga kompensatsiya undirib berildi

2022-yilning aprel oyida ishlash maqsadida Moskva shahriga borgan fargʻonalik M.N. avgust oyida baxtsiz hodisa oqibatida ogʻir tan jarohat olib, mehnatga layoqatsiz boʻlib qoladi.
M.N. yaqin qarindoshlarining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganilib, yurtdoshimiz Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan, shifokor nazoratida Oʻzbekistonga olib kelindi.
Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy koʻmaklashish markazi tomonidan fuqaroga ish beruvchidan 1 million 350 ming rubl miqdorida moddiy yordam undirib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring