Rossiyada goʻdagi bilan qiyin ahvolda qolgan ayol Oʻzbekistonga qaytarildi

05:33 13 Aprel 2022 Jamiyat
425 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizga yordam koʻrsatilmoqda.

Shu kabi qiyin ahvolda qolgan asli fargʻonalik B.N. Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga murojaat qildi.

Maʼlum boʻlishicha, B.N. oilasi bilan 2019-yilning noyabr oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga ketgan. Yosh ayol farzandi bilan turar-joy va mablagʻsiz qolib ketganligini maʼlum qilib, Oʻzbekistonga qaytishda amaliy yordam soʻraydi.

B.N. va uning farzandi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vatanga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер