Rossiyada Farg‘onaning qishloq xo‘jaligi hamda sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklif o‘rganilyapti

16:30 11 Noyabr 2021 Jamiyat
259 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Farg‘ona viloyati delegatsiyasi hududlararo hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.

Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmatining “Xalq so‘zi” muxbiriga maʼlum qilishicha, Chelyabinsk shahrida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda tadbirkorlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, tekstil sanoati hamda tibbiyot sohasida savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Shu yerda Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan “Export Import Quality”, “Fergana Exim Agro”, “Farpromtexinpeks”, "YMO Premium Uniform" MCHJ korxonalari rahbarlari o‘z mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi.

 Samarali muloqotlar davomida Chelyabinsk viloyatida joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish hamda tarqatish markazlarida restoranlar tarmog‘i, konditerlik korxonalariga quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish borasidagi talab va takliflar o‘rganildi.

Shuningdek, Chelyabinsk davlat madaniyat institutida Farg‘ona viloyati yoshlarini grant asosida o‘qitish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.

            

 Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.    

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?