Rossiyada bir necha oydan buyon oʻrmonda yashayotgan oʻzbek bola topildi. Uning laqabi Maugli

Rossiyada bir necha oydan buyon oʻrmondan otasi bilan yashayotgan bola topildi. Uning otasi oʻzbek ekanligi aniqlangan. Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi mazkur holatga izoh berdi. Bu haqda “Life” maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, bola otasi bilan oʻrmondagi tuman vasiylik va ichki ishlar boʻlimlariga biriktirilgan uysizlar lagerida yashaydi. Shuningdek, bolaning otasi Oʻzbekiston fuqarosi ekanligi aniqlangan. Qayd etilishicha, elchixona u va otasining shaxsini aniqlashda hamda Oʻzbekistonga qaytish uchun guvohnomani berishda yordam berishini maʼlum qilgan.
Sakkiz yoshda deb taxmin qilinayotgan bola bolalar maydonchasida tengdoshlari bilan oʻynash maqsadida borgan vaqtida koʻringan. Aniqlanishicha, bola uysizlar yonidagi oʻrmon kulbasida yashaydi. Ular bolani kichkina Maugli deb atashadi. Taʼkidlanishicha, bola uysizlar lagerida tugʻilib, oʻsha yerda oʻsmoqda. Uning otasi Oʻzbekistonda tugʻilgan, onasi esa ukrainalik, yaqinda yurak xastaligidan vafot etgan. Bolaning aniq yoshi nomaʼlum.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring