Rossiyada 5 nafar oʻzbekistonlik majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi

20:58 24 Iyul 2021 Jamiyat
853 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasi Samara shahridagi vakolatxonasiga 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ish beruvchidan pasportlarini olish va ularni majburiy mehnatdan ozod qilishda yordam soʻrab murojaat qilgan.

Oʻrganishlar davomida ushbu fuqarolar ish joyi aniqlanib, militsiya otryadlari yuborildi. Ish beruvchi va mehnat migrantlari militsiya boʻlimiga olib kelinib, muzokaralar oʻtkazildi. Natijada fuqarolarimizning barcha hujjatlari (pasport, patent va boshqalar) qaytarib berildi.

Shuningdek, 5 nafar fuqarodan 2 tasi Vatanga qaytishini bildirdi. 3 nafari boshqa joyda ishlashni davom ettirishga qaror qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?