Rossiyada 15 nafar oʻzbekistonlik fuqarolarning oyligi undirib berildi

09:28 31 Avgust 2022 Jamiyat
264 0

Foto: Illustrativ foto

Rossiya Federatsiyasi poytaxtidagi «Elektro Siti Svet» qurilish korxonasida ishlayotgan 15 nafar fuqaroning may, iyun, iyul oylari uchun ish haqi toʻlanmaganligi haqida murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy koʻmaklashish markazi xodimlari ish beruvchi bilan muzokara oʻtkazdi. Natijada fuqarolarning 1,5 oy uchun (may oyi toʻliq va iyun oyining yarimi) 1 million 50 ming rubl ish haqi undirib berildi.

Ish beruvchi qolgan qarzdorlikni joriy yilning 10-sentyabriga qadar toʻlab berishini vaʼda qildi. Ayni paytda fuqarolar ushbu korxonada mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?