Rossiya yadro torpedosini sinovdan oʻtkazishga tayyorlanmoqda — AQSH

23:53 10 Noyabr 2022 Dunyo
1521 0

Foto: РИА «Новости»

Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiya yadro torpedosini sinovdan oʻtkazishga tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda CNN telekanali xabar tarqatdi.

“Qoʻshma Shtatlar soʻnggi haftalarda Rossiya harbiy-dengiz kuchlari kemalarining yangi yadroviy torpedaning ehtimoliy sinoviga tayyorlanayotganini kuzatmoqda”, deyiladi telekanal xabarida.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, kemalar orasida «Poseydon» “Belgorod” suvosti torpedasi tashuvchisi koʻrilgan. Vashingtonga koʻra, texnik qiyinchiliklar tufayli sinovlarni oʻtkazib boʻlmadi. Shu bilan birga, AQSH prezidenti maʼmuriyati ehtimoliy sinov vaqtida yadroviy qurilma portlatilgan, deb oʻylamaydi.

Avvalroq AQSH milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Vashington yaqin oʻtmishda yadro qurolidan foydalanish xavfini kamaytirish uchun Moskva bilan bogʻlanganini aytgan edi.

Bungacha «The Wall Street Journal» nashri Jeyk Sallivan bir necha oy davomida Rossiya prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan yadro qurolidan foydalanish yoki Ukraina mojarosining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yashirin muzokaralar olib borganini yozgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?