Rossiya va Ukraina soʻnggi yetti hafta ichida uchinchi marta oʻzaro asir almashdi. Urush tafsilotlari

14:39 18 Iyul 2024 Dunyo
186 0

Foto: AFP

Ukraina poytaxti Kiyevda havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning uchuvchisiz uchogʻini urib tushirgach, bir qancha portlashlar roʻy bergan.

Ukraina janubidagi Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson shahriga Ukraina tomonidan oʻqqa tutilishi va dron hujumi oqibatida kamida bir kishi halok boʻlib, sakkiz kishi yaralandi.

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyati rasmiylari Ukraina uchuvchisiz samolyoti yoʻlovchi mashinasiga zarba berib, yosh er-xotinni oʻldirganini maʼlum qildi.

Rossiya va Ukraina soʻnggi yetti hafta ichida uchinchi marta oʻzaro asir almashib, jami 190 askarni ozod qildi.

Ukrainaning Xarkov shahri rasmiylari Rossiyaning shimoli-sharqiy shaharga deyarli har kuni uyushtirayotgan hujumlari fonida bolalarni himoya qilish uchun yer ostida bir qator maktablar qurish rejalarini eʼlon qildi.

Harbiy yordam
Agar Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Oq uyga qaytsa, AQSHning Kiyevni qoʻllab-quvvatlashi potensial kamayishi mumkinligi haqidagi xavotirlarga qaramay, Germaniya kelasi yili Ukrainaga harbiy yordamini ikki baravar qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi xabar bergan. Agentlik Germaniyaning 2025-yilgi byudjeti loyihasiga tayanib, Germaniyaning Ukrainaga yordami 2024-yildagi 8 milliard yevrodan 2025-yilda 4 milliard yevroga qisqartirilishini maʼlum qildi.

Siyosat va diplomatiya
Yevropa Parlamenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada uchrashganini qoralab, Yevropa Ittifoqi nomidan gapirmaganini taʼkidlagan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH vitse-prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Trampning sherigi Jeyms Devid Vensning Ukraina boʻyicha pozitsiyasini olqishladi. Shu oʻrinda Lavrov teng va oʻzaro hurmatga asoslangan muloqotga kirishmoqchi boʻlgan har qanday AQSH yetakchisi bilan ishlashga tayyorligini bildirdi.

NATO Buyuk Britaniya rasmiysi Patrik Tyornerni Ukrainadagi oliy vakili etib tayinladi. Tyorner alyansda yuqori lavozimlarda ishlagan.

Estoniya va Litva chorshanba kuni Yevro Ittifoqining mamlakatga qarshi sanksiyalarini bahona qilib, Belarusda roʻyxatdan oʻtgan avtomobillarning Rossiya yoki Belarus bilan chegaralaridagi nazorat punkti orqali kirishiga ruxsat bermasliklarini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер