Rossiya va qoʻshni davlatlarga “Toshkent” avtovokzali orqali tashkil etilayotgan avtobus reyslarida ishonchli xizmat koʻrsatilishi kafolatlanadi

14:42 20 Iyul 2022 Jamiyat
252 0

Foto: Arxiv surat

Transport vazirligi tomonidan quyidagi xalqaro yoʻnalishlarda muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi:

Joriy yil 18-iyuldan boshlab Toshkent-Moskva yoʻnalishida haftaning dushanba va payshanba kunlari, chipta narxi – 1 mln soʻm;

Toshkent-Qozon yoʻnalishi, har seshanba va juma kunlari, yoʻnalish narxi - 800 ming soʻm;

bugundan eʼtiboran Toshkent–Sankt-Peterburg yoʻnalishi haftaning chorshanba va shanba kunlarida, chipta narxi - 1 mln 250 ming soʻm.

Mazkur yoʻnalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MCHJ korxonasining “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi. Yoʻnalishga chiqayotgan har bir avtobusga 3 nafardan haydovchi biriktirilgan.

Yoʻnalishlarga chiqishdan oldin har bir haydovchi tibbiy koʻrikdan, avtobuslar esa texnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Qatnov davomida har toʻrt soatda haydovchilar almashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?