Rossiya tergov qoʻmitasi Nurmagomedovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatdi

23:44 11 Noyabr 2021 Sport
1499 0

Arxiv surat

Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi MMA jangchisi Usmon Nurmagomedovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ish Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 318-moddasi (“Davlat mansabdor shaxsiga nisbatan zoʻravonlik qoʻllash”) bilan qoʻzgʻatilgan. 

Nurmagomedov haydab ketayotgan avtomobil Kaspiysk aeroporti yaqinidagi nazorat-oʻtkazish punktida politsiyachini urib yuborgan. Sportchi allaqachon Moskvada hibsga olingan. Usmon Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda “Toyota Camry” rusumli avtomobil Kaspiysk aeroportiga qanday yoʻl olgani aks etgan. Unga koʻra, haydovchi politsiya xodimining toʻxtash haqidagi talablariga eʼtibor bermay harakatni davom ettirgan va yordamga kelgan boshqa huquq-tartibot xodimini urib yuborgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?