Rossiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻldi

14:12 27 May 2024 Siyosat
1001 0

27-may kuni Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?