Rossiya Prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

10:20 15 Sentyabr 2022 Siyosat
594 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 15-sentyabr kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tashrifning birinchi kunida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatni imzolash koʻzda tutilgan.

16-sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?