Rossiya nima uchun Fargʻonadan pomidor va qalampir yetkazib berishga taqiq joriy etdi? — vazirlikning rasmiy izohi

Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidan Rossiya Federatsiyasiga tomat va qalampir yetkazib berishga taqiq joriy etilgani haqidagi maʼlumotga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi quyidagicha izoh berdi:
"Rossiya Federatsiyasi veterinariya va fitosanitariya nazorati Federal xizmati (Rosselxoznadzor) tomonidan Fargʻona viloyatidan tomat va qalampir importiga taqiq joriy etilgani haqida ommaviy axborot vositalarida maʼlumotlar eʼlon qilingani munosabati bilan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan birgalikda Rosselxoznadzor bilan mazkur masala boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazilmoqda.
Rossiya tomoniga koʻra, Fargʻona viloyatidan tomatlarning alohida partiyasida tomat mevasining jigarrang tirishiqi virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) aniqlanganligi sababli cheklovlar joriy etilgan.
Shu bilan birga, ToBRFV oʻsimliklar virusining yangi shtammi boʻlgani uchun Oʻzbekiston hududida ilgari aniqlanmagan. YEOII mamlakatlarida ham ushbu virusga nisbatan taqiq mavjud emas – Yevrosiyo Iqtisodiy komissiyasi Kengashining 2016-yil 30-noyabrdagi №158-sonli Qarori bilan tasdiqlangan karantin obyektlarining yagona roʻyxatiga ToBRFV kiritilmagan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda shu kabi viruslar paydo boʻlishining oldini olish boʻyicha tezkor ravishda chora-tadbirlar Kompleksi ishlab chiqilmoqda.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, Rosselxoznadzor tomonidan joriy etilgan taqiqlar Oʻzbekistonning barcha ishlab chiqaruvchilariga nisbatan qoʻllanilmaydi va faqat Fargʻona viloyatidan keltirilgan mahsulotlarga tegishlidir.
Rossiya tomoni bilan maslahatlashuvlar davom etmoqda. Taqiqlarni yaqin vaqtlarda bekor qilish boʻyicha choralar koʻrilmoqda".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring