Rossiya “maxsus harbiy operatsiyasi”ning muvaffaqiyati Ukraina uchun fojia boʻladi va butun dunyoni xavf ostiga qoʻyadi — NATO bosh kotibi

Foto: Reuters
Rossiya “maxsus harbiy operatsiyasi”ning muvaffaqiyati Ukraina uchun fojia boʻladi va butun dunyoni xavf ostiga qoʻyadi. Bu fikrlarni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilot saytida eʼlon qilingan matbuotga murojaatida aytib oʻtdi.
“Putin [Rossiya prezidenti Vladimir Putin]ning Ukrainada gʻalaba qozona olmasligi juda muhim. Bu nafaqat Ukraina uchun fojia boʻladi, balki dunyoni yanada xavfli va himoyasiz qiladi”, — deydi Stoltenberg. NATO bosh kotibining qayd etishicha, shu sababdan Ukrainani qoʻllab-quvvatlash alyans aʼzolari xavfsizligi manfaatlariga mos keladi.
Avvalroq, Stoltenberg Rossiyani Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” vaqtida qishdan qurol sifatida foydalanganlikda ayblagan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bu borada alyans Ukrainaga issiqlik generatorlari yetkazib bergan va TIV rahbarlarining uchrashuvi Ukraina energetika infratuzilmasini tiklashda Gʻarb yordamini oshirish uchun platforma boʻlib xizmat qilishiga umid bildirgan.
Shu kunlarda Buxarestda NATOga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unga Ukraina, Shvetsiya va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari ham taklif etilgan.
Oldinroq, “Bloomberg” agentligi alyans aʼzolari Ukraina uchun tashkilot eshiklari ochiq qolayotganini yana bir bor tasdiqlashi, biroq yigʻilishda Kiyevga aʼzolikni berish jarayoni boʻyicha sezilarli siljish kutilmayotgani haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring