Rossiya hukumatining xavfsizlik va mudofaa tizimi rahbariyatida oʻzgarishlar roʻy berdi

13:58 13 May 2024 Dunyo
260 0

Foto: РИА «Новости»

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qasamyodidan keyin hukumatda oʻzgarishlar boʻlmoqda. Jumladan, kecha huquqni muhofaza qilish organlarida qator oʻzgarishlar roʻy berdi. Putin Mudofaa vazirligini Bosh vazirning sobiq oʻrinbosari Andrey Belousov boshqarishini taklif qilgan.

Belousov faoliyatining boshidan buyon iqtisodiyot oliygohlarida oʻqib, shu sohaning turli vazifalarida mehnat qilgan. Jumladan, 2000-2006-yillarda Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlash markazi bosh direktori. 2006-2008-yillarda Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri oʻrinbosari, Iqtisodiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari. 2008-2012-yillarda hukumatda Iqtisodiyot va moliya departamenti direktori. 2012-2013-yillarda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri. 2013-yildan 2020-yilgacha prezident yordamchisi. 2020-yil 21-yanvarda u Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi.

Mudofaa vaziri boʻlib ishlagan Sergey Shoygu esa Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Shuningdek, u Harbiy-sanoat komissiyasida oʻrinbosar boʻlib, Harbiy-texnik taʼminot boʻyicha federal xizmat faoliyatini nazorat qiladi.

Xavfsizlik kengashidan ketgan Nikolay Patrushevning yangi ish joyini Kreml keyinroq eʼlon qilishga vaʼda bergan. Bosh shtab boshligʻi Valeriy Gerasimov oʻz lavozimida ishlashda davom etadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi razvedka xizmati, Federal xavfsizlik xizmati va Rossiya Milliy gvardiyasi rahbarlari agar Rossiya parlamentining yuqori palatasi — Rossiya Federatsiyasi Federal Yigʻilishi maʼqullasa, oʻz lavozimlarini saqlab qoladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер