Rossiya hukumati Oʻzbekistondan 10 ming quruvchi jalb etish loyihasini maʼqulladi

Vazirlar Mahkamasi Rossiyaga xorijiy ishchilarni jalb qilish boʻyicha loyihani maʼqulladi. Uning doirasida Oʻzbekistondan 10 ming quruvchi mamlakatga keladi. Ularning barchasi koronavirusga qarshi emlanishi kerak, deb xabar berdi “mk.ru”.
Hujjatda Sputnik Layt bilan emlanadigan 10 ming muhojirni oʻz mamlakati hududiga olib kirish sxemasi koʻrsatilgan. Sinov loyihasida qurilish, mehnat, sogʻliqni saqlash, taʼlim va fan, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari ishtirok etmoqda.
Qurilish vazirligi oʻzbek ishchilarini obyektlarga jalb qilmoqchi boʻlgan ish beruvchilar roʻyxatini keltirishi va ular bilan shartnoma tuzishi kerak.
“Farmonning qabul qilinishi sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni taʼminlash zarurligini inobatga olgan holda, Oʻzbekistondan 10 ming mehnat muhojirini jalb qilish boʻyicha aniq amaliy qadamlarga oʻtishga imkon beradi”, - dedi vazir oʻrinbosari Nikita Stasishin.
Uning taʼkidlashicha, barcha zarur tibbiy muolajalar - tibbiy koʻriklar, emlashlar va koronavirusga qarshi tekshiruv - ishchilar Rossiyaga kelgunga qadar uyda oʻtkazilishi mumkin.
Loyihada koʻrsatilgan yoʻnalishlardan biri bu malakali mutaxassislarni tanlashdir. Loyihada ishtirok etayotgan qurilish kompaniyalarining aniq vazifalari va yoʻnalishlari uchun ishchilar jalb qilinadi. Har bir ishchiga beriladigan patent aniq ish beruvchini aniqlaydi.
Stasishinning taʼkidlashicha, loyiha mamlakatga mehnat muhojirlarini import qilishning yangi mexanizmini sinovdan oʻtkazish va ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojni qoplash hamda uy-joy qurilishi hajmini oshirish boʻyicha ulkan rejalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring