Rossiya harbiylari Ukrainada ommaviy zaharlangani maʼlum qilindi

07:08 21 Avgust 2022 Dunyo
1034 0

Foto: Ria Novosti

Rossiya mudofaa vazirligi mamlakat Qurolli Kuchlari harbiylari Ukrainaning Zaporojye viloyatida ommaviy zaharlangani haqida xabar berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomonidan Rossiya harbiylariga qarshi zaharli moddalar qoʻllangani haqida maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, rossiyalik harbiylar Zaporojye viloyatining Vasilevka shahrida topshiriqlarni bajarib boʻlgach, zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda 20-avgust kuni Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan OAVlariga maʼlum qilindi.

Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining organizmlarida “B” tipidagi botulinum zaharli modda topilgan. Shu bois Rossiya tomoni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rejimi tomonidan sanksiyalangan kimyoviy terrorizmni tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlamoqda.

Bundan tashqari, Xerson viloyati maʼmuriyati rahbari Vladimir Saldoning harbiy moddalar bilan zaharlanishi ishi boʻyicha qoʻshimcha tergov olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер