Rossiya harbiy akademiyasida Oʻzbekiston armiyasiga bagʻishlangan maxsus burchak paydo boʻldi

Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlariga bagʻishlangan maxsus burchakning ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari general-leytenant Oleg Makareyevich ishtirok etib, hamyurtlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan sana bilan tabrikladi. Akademiyada Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tarixi va buguniga bagʻishlab ochilgan burchakni alohida eʼtirof etib, bu ikki mamlakat harbiylari bir birining tarixini oʻrganish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Ayni vaqtda Oʻzbekistondan borib tahsil olayotgan polkovnik Jahongir Bekmurodov tadbirda ishtirok etgan mehmonlarga Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining tinchlikparvarlik yoʻlida olib borayotgan islohotlari va harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar hamda milliy armiyaning tarixi va ajdodlar merosi asosida shakllantirilganini gapirib berdi.
Tadbirda ishtirok etgan boshqa generallar va xorijlik tinglovchilar burchak bilan tanishar ekan, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining shakllanish tarixi, jangovar qudrati va mamlakatning bugungi qiyofasi aks etgan suvenirlar, maʼlumotlar, plakatlar va fotosuratlar ularda katta taassurot qoldirganini taʼkidladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring