Rossiya Federatsiyasidagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlari huquqlari qay darajada taʼminlangan?
Telegram platformasidagi «Fayzbogʻ» kanalida soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama boʻlgan – Voronej viloyatidagi migratsiya markazida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan yuzaga kelgan holat shuningdek, Volgograd viloyatidagi oʻzbekistonlik bir guruh mehnat migrantlari va ish beruvchi oʻrtasida yuz bergan hodisalarda yurtdoshlarimizning huquqlari taʼminlanganligi eʼtirof etilgan holda Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz manfaatlarini himoya qilishda yuzaga kelayotgan bir necha muammolar qayd etilgan.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijdagi fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Birinchidan, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizida tashkil etilgan Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy koʻmaklashish markazi advokatlik tashkilotlari orqali koʻplab keyslarni koʻrib chiqmoqda va ularning aksariyati yurtdoshlarimiz foydasiga hal etilmoqda. Taʼkidlash joiz, advokatlik xizmatlari uchun fuqarolardan hech qanday toʻlov undirilmaydi.
Ikkinchidan, Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN) hamda World Skills Russia assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining yirik shaharlarida Oʻzbekiston fuqarolari uchun rus tili va turli kasblar boʻyicha bepul kurslar tashkil etilgan.
Uchinchidan, hozirgi vaqtda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasining 16 ta nuqtasida – Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Novosibrsk, Yekaterinburg shaharlari, Tula, Voronej, Volgograd, Nijegorod, Irkutsk, Amur viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm oʻlkalari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugida vakillari faoliyat yuritmoqda.
Yurtdoshlarimiz ish va yashash sharoitlarini oʻrganish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ish beruvchi va fuqaro oʻrtasida nizoli vaziyat yuz berganda uni hal etish kabilar mazkur vakillar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqami), Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi (+7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20, +7-499 230-00-32) qoʻngʻiroqlar markazlari yoʻlga qoʻyilgan.
Taʼkidlash joiz, yuqoridagi mexanizmlar Rossiya Federatsiyasidagi yurtdoshlarimiz huquqlarini himoya qilish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urdi. Italiyaliklar futbolchini “Oʻzbek Messi”si deb atamoqda (+video)
- Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring