Rossiya Federatsiyasida mahalliy saylovlar yakunlandi

15:30 14 Sentyabr 2022 Dunyo
511 0

11-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining 82 ma'muriy hududiy birliklarida saylovlar bo'lib o'tdi.

Saylovchilarning ishtiroki o'rtacha hisobda 40 % ni tashkil etdi.

Saylov natijalariga ko'ra "Единая Россия" partiyasi nomzodlari umumiy hisobda 81,86 % mandatlik o'rnini egalladi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Igor Borisov saylovlarga tashqi va ichki guruhlarning aralashuvlari borligi haqida aytdi: "Saylov komissiyalarining faoliyatlariga bosimlar o'tkazish, telefon qo'ng'iroqlari va elektron pochta orqali xatlar jo'natish holatlari kuzatildi. 1-iyundan hozirgi kunga qadar komissiya serverlariga 29 270 ta yuqori darajadagi kiber-hujumlar uyushtirildi. Barcha xavflar bartaraf etildi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?