Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

19:11 17 Avgust 2022 Jamiyat
544 0

Foto: Arxiv surat

Soʻnggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar boʻyicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum boʻlmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan kuryerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni soʻraymiz.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga koʻra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?