Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tashrif bilan Oʻzbekiston Respublikasida boʻladi

15:12 12 Sentyabr 2022 Siyosat
665 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 15-16-sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahridagi sammiti doirasida tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilarining muzokaralari kun tartibidan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Alohida eʼtibor sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlar va ishbilarmonlar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish, qoʻshma iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni ilgari surishga qaratiladi.

Shu bilan bir qatorda davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Prezident Vladimir Putin, shuningdek, SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?