Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Davlat Dumasi Raisi V. Volodin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari rasmiy tashrif bilan yurtimizda boʻlib turibdi.
Mazkur tashrif chogʻida mehmonlar poytaxtimizda joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham boʻlishdi.
Muzey 1996-yil 18 oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan barpo etilgan boʻlib, undan Markaziy Osiyoning ilk Uygʻonish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar oʻrin olgan.
Tashrif chogʻida delegatsiya aʼzolari Amir Temur va Temuriylar davriga oid boy ekspozitsiya bilan tanishdi. Buyuk ajdodlarimizning aql-zakovati, topqirligi va ijodkorligiga, mard va jasurligi hamda tadbirkorligiga oid eksponatlar ularda katta qiziqish uygʻotdi.
Mehmonlar madaniy merosni asrab-avaylash, uni yosh avlodga bezavol yetkazish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni yuqori baholadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring