Rossiya Federatsiyasi bilan yoʻlovchi poyezdlarning harakati qayta tiklanmoqda

10:28 15 Iyun 2022 Jamiyat
510 0

2022-yil 23-iyundan boshlab 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdining harakatlanishi boshlanadi.

5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning payshanba kuni soat 19:05da “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan joʻnab ketadi va shanba kuni soat 18:14da Rossiya Federatsiyasining “Samara” temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.

Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11da joʻnab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56da yetib keladi.

Maʼlumot uchun: Toshkentdan Samaragacha temir yol orqali boʻlgan masofa 2271 km.ni tashkil etadi. Poyezd 48 soat davomida harakatlanadi. 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi 11 ta vagondan iborat: 3 kupe, 7 platskart va vagon-restoran.

Chipta narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotni, sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda, www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqal bilib olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер