Rossiya «COVID-19»ga qarshi vaksinani muhtoj mamlakatlarga eksport qilishga tayyor — Sergey Lavrov

15:13 07 Aprel 2021 Dunyo
412 0

Foto: РИА Новости

Rossiya «COVID-19»ga qarshi vaksinani muhtoj mamlakatlarga eksport qilishga tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga tayanib, Pokistonning «News International» nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, TIV rahbari davlatning ustuvor vazifasi oʻz aholisini emlash ekanligini taʼkidlagan.

«Albatta, «COVID-19»ga qarshi dori-darmonlarni teng taqsimlash masalasi, ayniqsa, qashshoq mamlakatlar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz Rossiyaning xavfsiz va samarali vaksinalarini shaffof tarzda yetkazib berishga tayyormiz», degan Lavrov.

TIV rahbari ushbu yoʻnalishda juda koʻp ishlar qilinayotganini aytgan. Shuningdek, u Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish boʻyicha 50 dan ortiq mamlakat bilan shartnomalar tuzilganini qayd etgan. Unga koʻra, baʼzi mamlakatlarda vaksina ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyilgan.

Rossiya dunyodagi birinchi davlat boʻlib, «COVID-19»ga qarshi vaksina («Sputnik V»)ni roʻyxatdan oʻtkazgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?