Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga yana bir yangi reysni yo‘lga qo‘yadi

10:49 22 May 2018 Iqtisodiyot
1279 0
Foto: Russia.hr

Rossiyaning “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi “Rostov-na-Donu – Toshkent” yangi xalqaro yo‘nalishini ochadi. 

Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi. Reyslar 2018 yilning 4 iyulidan chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Samolyot Rostovdan soat 6:20da yo‘lga chiqib, 11:40da Toshkentga yetib keladi. Poytaxtimizdan 13:20da ortga qaytib, 15:10da o‘z manziliga yetib boradi. 

Ma’lum qilinishicha, yangi yo‘nalish ishbilarmonlar qatori O‘zbekistonning ko‘hna tarixga ega shaharlariga borishni istovchi turistlarni ham qiziqtiradi. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK haftasiga ikki marta shu yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?