Rossiya 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlaridan chetlashtirilishi mumkin 

18:17 29 Aprel 2022 Sport
1337 0

Illyustrativ foto

Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonova 2023-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtadigan Universiadani oʻz vaqtida oʻtkazilmasligi haqidagi maʼlumotga izoh berdi.

“Bugun men «maxsus harbiy operatsiya” tugagach, sanksiyalar bekor qilinadi degan gapni eshitdim. Bu navbatdagi gap-soʻzdan boshqa narsa emas, hozir Jahon talabalar oʻyinlarini keyinga qoldirish haqida gap-soʻzlar boʻlmoqda», deydi Viner-Usmonova.

Viner-Usmonova, shuningdek, Rossiya 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazib yuborishi mumkinligini ham taxmin qildi. “Bu qoʻgʻirchoq teatri davom etmoqda”, deydi u.

Universiada 2023-yilning 7-19-avgust kunlari boʻlib oʻtishi kerak edi. Rossiyalik sportchilarga FISU shafeligidagi musobaqalarda kamida 2022-yil oxirigacha qatnashish taqiqlangan.

28-fevral kuni Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) sport federatsiyalariga murojaat qilib, rossiyalik va belaruslik sportchilarni musobaqalarda ishtirokini cheklashni tavsiya qildi. Shundan soʻng, bir qator sport tashkilotlari Rossiyadan baʼzi yirik musobaqalarni olib qoʻyishga, shuningdek, rossiyalik sportchilarni musobaqalarga qoʻymaslikka qaror qildi. 

Bularning barchasi Rossiyaning Ukrainaga boshlagan “maxsus harbiy amaliyoti” bilan bogʻliqdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?